
Aftidan, dunyoda Kilian Mbappe va Erling Xoland bilan maydonda uchrashishni xohlovchi himoyachilar qolmagandek ko'rinadi, bir necha yillardan buyon ushbu hujumchilar raqiblarini dahshatga solmoqda. Biroq, malum bo'lishicha, hatto bu "yirtqichlar"ni ham cho'chitadigan futbolchilar bor.
O'zaro duch kelgan eng qiyin raqib haqida so'ralganda, Erling Xoland "Liverpul" himoyachisi Van Deyk nomini aytdi. "Van Deyk juda istedodli hamda kuchli, unda haqiqiy himoyachiga xos barcha fazilatlar mujassam. U ajoyib o'yinchi".
Xoland 2019 yilda Van Deykka qarshi o'ynagan, uning "Zalcburg"i "Enfild"da "Liverpul"ga 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Aytgancha, o'sha bahsda norvegiyalik forvard bitta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Kilian Mbappe ham xuddi shu savolga javob berar ekan, boshqa futbolchining nomini aytdi: Jiji Buffon. Mbappe "Monako" safida italiyalik posbon jamoasiga qarshi o'ynagan va 2017 yilda ular qisqa vaqt PSJda jamoadoshga aylangan.
UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"