
Yosh yarim himoyachining transferi uchun parijliklar 60 million evro to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, Gallaxerning transferiga PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Gallaxer joriy mavsumda "Kristal Pelas" safida Premer-ligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Oldinroq ingliz OAVlari kelasi mavsumda futbolchining "CHelsi"ga qaytishi va tarkibdagi o'rin uchun kurashish niyatida ekani haqida xabar bergandi.