Biroq pandemik vaziyat tufayli Osiyo qitasida mart oyida o'tishi kerak bo'lgan JCH-2022 saralash bahslarining deyarli barchasi iyun oyiga qoldirildi.
O'zbekiston terma jamoasi mart oyida rasmiy o'yinda maydonga tushmasligi aniq. SHu bois terma jamoamiz FIFA kunlari doirasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga qaror qildi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Yaponiya futbol associaciyasi O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida taklif bilan chiqqan. Unga ko'ra bahs Yaponiyada o'tishi kerak edi va buning evaziga mezbonlar barcha xarajatlarni o'z hisoblaridan amalga oshirishga tayyor edilar. Biroq bu taklif rad qilingan va Toshkentda Iroq bilan o'yin o'tkazishga qaror qilingan.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 2019 va 2020 yillarda Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Yaponiya bilan so'nggi o'rtoqlik o'yinimiz esa 2015 yilda bo'lib o'tgan.
Mendes o'zi shug'ullantirgan eng istedodli sportchi kimligini aytdi, bu Xabib emas!