SportUz.Net

Dembele "Barsa" bilan besh yillik yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchining maoshi kamayadi

24.12.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Futbolchi uzoq muzokaralardan so'ng klubda qolishga qaror qildi.

"Barselona" klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembele klubda qolishi avvalroq xabar qilingandi. Endilikda, futbolchi imzo chekadigan yangi shartnoma shartlari ham malum bo'ldi.

Diario Sport nashri bergan malumotlarga qaraganda, Dembele "Barselona" bilan besh yillik yangi bitim imzolaydi. Futbolchi maoshining kamayishiga ham rozi bo'ldi. Usmonning klubda qolishida rol o'ynagan faktor futbolchining o'z istaklaridir. Futbolchining agentlari uchun esa Usman boshqa klubga o'tishi manfaatliroq edi.

Eslatib o'tamiz, Dembele joriy mavsumda La Liga doirasida 5 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: