APL "Everton" va "Byornli" o'rtasidagi uchrashuvni qoldirish taklifini rad etdi. O'yin 26 dekabr kuniga belgilangan.
Ajablanarlisi shundaki, "Everton" klubida jarohatlanganlar va koronavirusga chalinganlarni ayirib tashlasa, bor-yo'g'i 12 ta sog'lom o'yinchi mavjud.
"Men hozir o'ylanib qoldim, menda 11 nafar sog' o'yinchi bormi yoki yo'q? Biz ushub o'yinni o'tkazishimiz kerak ekan. Reallik shundan iboratki, men erta va indin kunlari kim o'ynay olishi mumkinligini bilish uchun kutib turishim kerak.
Bizning vazifa maydonda o'ynay oladigan 11 o'yinchini topa olish. Bu oson ish emas. Sababi, bizda to'qqiz maydon o'yinchisi va uch darvozabon bor", - deydi Rafael Benites.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor