Franciyalik o'yinchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.
"SHporlar" o'tgan yozda ham Langlening transferini amalga oshirishga urinib ko'rishgan, ammo futbolchi o'shanda Kataloniyada qolishga qaror qilgandi. Londonliklar bo'lajak transfer oynasida yana o'yinchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.
Klemanning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.