Klub moliyaviy feyr-pley meyorlarini bajarish uchun transfer oynasida futbolchilarni sotish ustida ishlamoqda.
Kataloniyaliklar Filippe Koutino, Samyuel Umtiti, Lyuk de Yong va Serjino Destdan qutulishni rejalashtirishmoqda.
Ularning barchasi murabbiy Xavining rejalariga to'g'ri kelmaydi, Koutino, Umtiti va Netoni yuqori maosh sabab sotishmoqchi.
"Barsa" de Yongni "Sevilya"dan mavsumning qolgan qismi uchun boshqa klubga ijaraga berib yuborilishiga harakat qiladi.