SportUz.Net
photo photo

Igor Sergeevga Rossiya, Polsha, Janubiy Koreyadan aniq takliflar bor

18.12.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini qaysi mamlakatda davom ettiradi?

Yakunlangan mavsum "Tobol" safida Qozog'iston chempioni bo'lgan Igor Sergeev ayni paytda erkin agent bo'lib turibdi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Sergeevga Rossiyaning "Ximki" klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Bu borada aniq malumot olish uchun futbolchining agenti Ro'zimurod Usmonovga murojaat qildik:

"Bugungi kunda Igor Sergeevga "Ximki" klubidan qiziqish bo'layotgani rost, ammo bu variantni favorit tanlov deyish qiyin. Hujumchiga Polsha va Janubiy Koreya klublaridan aniq takliflar bor. Qatar masalasida ish olib borilmoqda. Tez orada eng maqbul variantni tanlaymiz", - deydi Sergeevning agenti championat.asia saytiga.

Malumot uchun, Sergeev Qozog'iston chempionatida 11ta gol urishga erishdi. To'purarlar poygasida hamyurtimiz uchinchi o'rinni egalladi. Hamyurtimiz Transfermarkt talqiniga ko'ra, Qozog'iston chempionatining 2021 yil uchun ramziy jamoasidan o'rin oldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: