Ajoyib va aqlli transferlari bilan tanilgan Monchi Ispaniya Kubogi yarim final o'yini (0:3)da hakamga shikoyat bildirgani uchun murabbiyni yig'loqi deb atagan edi va shu sabab Kumanda uzr so'radi.
Monchi shuningdek o'yindan so'ng tribuna ostida u bilan janjallashib qolgan Messidan ham kechirim so'radi. O'shanda "Sevilya" boshqaruvchisi va prezidenti Pepe Kastro hakamlarning yordamini shama qilib argentinalikka "doim bir xil yutasiz" degan va Messi unga javoban "Uyingizga ketmoqdasiz" deb javob bergan edi.
Qayd etish kerakki, Kuman ham, Messi ham uzrni qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi. Kataloniyaliklar bosh sovrin uchun "Atletik" bilan kuch sinashishadi.
SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik sportchi bilan jang qildi va boshqacha nokaut qayd etdi
Burchagida jamoadoshi Azamat Nuftillaev bo'lgan Saydatxon Nuriddinovning jangidan FOTOGALEREYA