SportUz.Net

Libertadores Kubogi g'olibi ekstra taymlarda malum bo'ldi

28.11.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Janubiy Amerikadagi klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqa finalida Braziliyaning taniqli ikki jamoasi - “Palmeyras” va “Flamengo” o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuv g'olibi qo'shimcha bo'limlarda aniqlandi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 95-daqiqada “Palmeyras” safida zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Deyverson raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

“Palmeyras” qatorasiga ikkinchi yil, o'z tarixida esa uchinchi marotaba Libertadores Kubogi sohibiga aylandi. Musobaqa to'purari esa 11 gol bilan Gabigol bo'ldi.

"Palmeyras" Braziliya – "Flamengo" Braziliya 2:1 (1:0, 0:1, 1:0)

"Sentenario" stadioni

Gollar: 1:0 – 5 Rafael Veyga, 1:1 – 72 Gabriel Barboza, 2:1 – 95 Deyverson.

"Palmeyras" – Ueverton, Mayke (Gabriel Menino, 105), Gomes, Luan, Pikeres (Melo, 113), Ze Rafael (Danilo, 82), Skarpa, Rafael Veyga (Deyverson, 90), Danilo (Patrik de Paula, 70), Dudu (Vesli, 77), Roni.

"Flamengo" – Diego Alves, Isla (Mateuzino, 79), David Luiz, Rodrigo Kayo, Filipe Luis (Rene, 32), Everton Ribeyro (Maykl Richard, 63), Arao, de Arraskaeta (Vitino, 111), Pereyra (Pedro, 111), Gabriel Barboza, Bruno Enrike (Kenedi, 90).

Ogohlantirishlar: Rodrigo Kayo (65), Pikeres (67), Gabriel Barboza (74), Gomes (74), de Arraskaeta (78), Melo (120).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: