SportUz.Net
photo photo

Pedri Golden Boy-2021'ni yutdi

22.11.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

Tuttosport Evropada 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh o'yinchiga beriladigan Golden Boy mukofotining egasini elon qildi.

Bu nomga "Barselona"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Pedri loyiq deb ko'rildi.

Mukofot uchun shuningdek Karim Adeyemi («RB Zalcburg»), Jud Bellingem («Borussiya», Dortmund), Eduardo Kamavinga («Real»), SHarl de Ketelare («Bryugge»), Gavi («Barselona»), Brayan Xil («Tottenxem»), Rayan Gravenberx («Ayaks»), Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»), Daniel Maldini («Milan»), Jamal Musiala («Bavariya»), Nunu Mendesh (PSJ), Roberto Pikkoli («Atalanta»), Yeremi Pino («Vilyarreal»), Jovanni Reyna («Borussiya», Dortmund), Rodrigo («Real»), Bukayo Saka («Arsenal»), Florian Virtc («Bayer»), Vilyam Saliba («Marsel») va Yurrien Timber («Ayaks») davogarlik qilishgan edi.

Mukofot ispanga 15 dekabr kuni Turinda topshiriladi.

O'tgan yili ushbu mukofotga Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland ega chiqqandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: