SportUz.Net
photo photo

SHevchenko "Jenoa"dagi debyutida Mourinyuning "Roma"siga yutqazdi, SHomurodov 75 daqiqa o'ynadi

22.11.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining 13-turi doirasida Rimning "Roma" klubi safarda "Jenoa" jamoasi mehmoni bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov sobiq klubiga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 75 daqiqa maydonda harakatlandi. Aynan SHomurodovning o'rniga maydonga tushgan Feliks Afena-Gyan "Roma"ning har ikki kiritilgan goliga mualliflik qildi.    

Jenoa – Roma 0:2

«Luiji Ferraris» stadioni

Gol: Feliks Afena-Gyan 82', 90+4'

Jenoa – Sirigu, Biraski (Flavio Junior, 84), Masello, Sabelli (Gilone, 84), Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 90), Rovella, Sturaro (Buksa, 90), Pandev (Ernani, 63), Ekuban.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Kumbula (Smolling, 87), Rojer, Mxitaryan, Veretu, Pellegrini (Bove, 90+3), SHomurodov (Feliks Afena-Gyan, 75), Abraxam, El-SHaaravi.

Ogohlantirishlar: Kambyazo (32), Veretu (40), Badel (54), Sabelli (78), Feliks Afena-Gyan (81).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: