“2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 21.1-bandi 4-xatboshisiga ko'ra, mavsum yakuniga ko'ra Superligada 12-o'rinni band qilgan klub ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etadi.
Mazkur bandning 5-xatboshisiga ko'ra, o'tish o'yini Pro liga klubi maydonida tashkil etiladi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi o'tish uchrashuvini 2 dekabr sanasida o'tkazadi. Bellashuv 14:00 da start oladi.
O'tish o'yinining asosiy vaqtida g'olib jamoani aniqlash imkoni bo'lmasa, 15 daqiqadan ikki qo'shimcha taymlar belgilanadi. SHunda ham g'olib nomiga oydinlik kiritilmasa, Superliganing 2022 yilgi mavsumiga yo'llanma oluvchi so'nggi jamoa nomi penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlanadi.
O'zbekiston kubogining final uchrashuvi esa 4 dekabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi. Bellashuv 16:00 da start oladi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi