SportUz.Net
photo photo

Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasida muammo paydo bo'ldi

15.11.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin.

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi kanali orqali ushbu holatga etibor qaratdi. 

Kecha Kongo DR Beninni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, JCH-2022 saralashi Afrika qitasi pley-off bosqichiga yo'l oldi. Biroq, Kuper o'yin davomida 4 ta urinishda 4 ta o'zgartirishni amalga oshirdi. Reglament bo'yicha jamoa o'yin davomida 5 ta o'zgarishni amalga oshirishi mumkin. Lekin ushbu o'zgarishlar 3 ta urinishda bo'lishi kerak. 

Endi Kongo DR terma jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin. Agar shunday bo'lsa, guruhda Benin terma jamoasi birinchi o'rinni egallaydi va pley-offda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: