Futbolchi taniqli agent Jorje Mendeshga tegishli.
Jorje Mendesh o'z mijozini «Liverpul»ga o'tkazmoqchi. Oldinroq agent uni «Barselona» va «Real»ga taklif qilgandi. Mendesh Krishtianu Ronalduning ham agenti hisoblanadi.
Karvalyu 12 yoshgacha Lissabonda yashagan, keyin Angliyaga ko'chib ketgan. Yarim himoyachi Angliya U-18 terma jamoasida o'ynagan. Terma jamoa safida 6ta o'yinda maydonga tushishga ham ulgurdi.
Bu mavsum Karvalyu «Fulxem» safida CHempionshipda 7ta o'yinda ishtirok etdi va 3ta gol urdi. Futbolchining shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi. Transfermarket uni 250 ming evroga baholamoqda.
"Unga muxlislik qilaman". Fiziev Islam Maxachevga qarshi kim jang qilishi kerakligini aytdi