"Liverpul" sobiq futbolchisi "Aston Villa" taklifini qabul qilishga tayyor. U juma kuni jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin. Birmingemliklar "Reyndjers" bilan kompensaciya pulini ham kelishishga yaqinlar.
Jerrard bu orqali "Aston Villa" tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.
Malumot uchun, Stiven Jerrard 2017-2018 yillarda "Liverpul"ning 19 yoshlilar jamoasida ishlagan. 2018 yilda esa "Reyndjers" bosh murabbiyiga aylanib, 2020/21 yilgi mavsumda jamoa bilan SHotlandiya chempioni bo'ldi.