SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston MTJ. Ashurmatov yig'inga kela olmaydi, uning o'rniga CHobanov chaqirildi

08.11.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibi elon qilingan edi.

Srechko Katanec mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga chaqiriladigan futbolchilarning yakuniy ro'yxatini elon qildi.

Rustam Ashurmatov viza bilan bog'liq muammolar sabab bu galgi yig'inda ishtirok etolmaydi. Uning o'rniga “Paxtakor” klubi azosi Marlen CHobanov jalb etildi.

Malumot o'rnida, vakillarimiz bugun mazkur yig'in doirasidagi ilk mashg'ulotni o'tkazishadi. Mashg'ulotlar "Paxtakor" stadionida soat 17:15 da boshlanadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Davronbek Hoshimov ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Marlen CHobanov ("Paxtakor"), Dostonbek Tursunov ("CHuncin Lifan"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tejon", Janubiy Koreya), Otabek SHukurov ("Al SHarja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev ("SHeriff", Moldova), SHahboz Umarov (BATE, Belarus), Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston)




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: