SportUz.Net

Ronaldu yana ota bo'ladi va yana egizak farzand dunyoga kelishi kutilmoqda + FOTO

29.10.2021 09:50    


Rasmni yuklab olish

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu rafiqasi Jorjina Rodriges egizak farzand kutayotgani haqida xabar berdi.

“Egizaklarni kutayotganimizni elon qilishimdan xursandman. Qalbimiz mehrga to'la – sizlar bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deya sahifasiga post joylagan portugaliyalik yulduz.

36 yoshli Ronaldu 4 farzandning otasi hisoblanadi. Kichik Krishtianu 2010 yil, egizaklar Eva va Mateo 2017 yil surrogat onadan tug'ilgan bo'lsa, xuddi shu yili uning turmush o'rtog'i Jorjina Alana Martinani dunyoga keltirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: