SportUz.Net
photo photo

"Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov uchun mavsum tugadi + FOTO

22.10.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi-2021 Interzonal finali doirasida Gonkongning "Li Man" klubini qabul qilib 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ana shu bellashuvning 56-daqiqasida "ajdarlar" markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov raqib bilan to'p uchun havodagi kurashdan so'ng noqulay yiqilib jarohat olgan va G'olib G'aybullaevga almashtirilgan edi.

Husniddin Aliqulov jiddiy jarohat oldi

Klub matbuot xizmati Aliqulovning jarohati haqida rasmiy malumot berdi. Tibbiy tekshiruvlarda aniqlanishicha, Husniddin Aliqulovning umrov suyagi yopiq singan. Futbolchi jarrohlik amaliyotini o'tadi. Endi Husniddin mavsum so'nggiga qadar "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.


"Husniddinga shifo so'rab, tezroq jamoamiz safiga kelib qo'shilishini tilab qolamiz", - deyiladi klub rasmiy saytida berilgan xabarda.


Eslatib o'tamiz, "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi-2021 finalini 5 noyabr kuni Bahraynning "Al Muharraq" klubiga qarshi o'tkazadi. Final Bahrayn poytaxti Manamadagi "Al Muharraq Stedium"da o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: