SportUz.Net
photo photo

"Real" tizzasidagi muammo sabab Ramos bilan shartnomani uzaytirmagan

14.10.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

"Real" rahbariyatiga yaqin bo'lgan jurnalist Fred Ermel PSJ himoyachisi Serxio Ramosning tez orada safga qaytishiga shubha qilmoqda.

35 yoshli ispaniyalik futbolchining tizzasida muammo bor.

"Aytishlaricha, uning tizzasi oldin aytilganidan yomonroq holatda. "Real" aynan shu sabab u bilan shartnomani uzaytirmagan", - deydi Ermel.

Oldinroq PSJ tibbiy shtabi Ramosning hali o'ynashi mumkin emasligini malum qilgandi. SHu sabab o'yinchi va shifokorlar o'rtasida muammo kelib chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Ramos PSJga 2021 yilning iyulida erkin agent maqomida o'tdi. Serxio jarohat sababi hali Parij klubida debyut qilmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: