O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun 1/8 final doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston futzalchilari "B" guruhida ikkinchi o'rinni egallab, JCHda ilk marotaba guruhdan chiqishdi. Pley-offning dastlabki bosqichida yigitlarimiz "Osiyo giganti" hisoblangan Eronga qarshi bahs olib boradilar. Eron ham huddi O'zbekiston kabi o'z guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Ushbu o'yin g'olibi chorak finalda Qozog'iston terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" majmuasida start oladi.
Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!
"U diqqat markazda bo'lishni va boshqalar ustidan hukmronlik qilishni istaydi" - CHendler
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi