Jumladan, "Atletiko Madrid" jamoasi ushbu turda "Xetafe" mehmoni bo'ldi. Dastlab gol o'tkazib yuborganiga qaramasdan, Diego Simone shogirdlari o'zlarida kuch topa bilishdi va ikkita gol urib g'alaba qozonishdi. Luis Suares esa ushbu o'yinda jamoasining ikki goliga ham o'zi mualliflik qildi.
"Xetafe" – "Atletiko" 1:2 (1:0, 0:2)
«Koliseum Alfonso Peres» stadioni
Gollar: 1:0 – 45 Mitrovich, 1:1 – 78 Suares, 1:2 – 90 Suares.
"Xetafe" – Soriya, Iglesias, Mitrovich, Djene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Alenya, Florentinu (Poveda, 90), Mata (Silva, 78), Masias (Unal, 67).
"Atletiko" – Oblak, Tripper (Ermoso, 62), Savich, Ximenes, Lodi (de Paul, 63), Errera (Vrsalko, 84), Karrasko, Lorente, Suares, Grizmann (Mateus Kunya, 67), Korrea.
Ogohlantirishlar: Suares (22), Errera (64), Mata (65), Ximenes (66), Alenya (66), Maksimovich (90), Karrasko (90), Kuenka (90), Mateus Kunya (90).
CHetlatish: Alenya (74).