SportUz.Net
photo photo

SHveciyadan oldin O'zbekiston Evropaning qaysi jamoalari bilan o'ynagan?

02.09.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni SHveciya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Terma jamoamiz uchun Evropa terma jamoalariga qarshi maydonga chiqish kecha yoki bugun sodir bo'layotgani yo'q. Umuman olganda biz uchun bu yangilik hisoblanmaydi. Qaysidir manoda ko'nikma shakllanib ulgurgan, deya olamiz. Boisi milliy jamoamiz Evropa vakillari bilan o'ynash ananasini boshlaganiga qariyb 20 yildan oshdi. Ushbu yo'ldagi ilk  bahs Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechgan bo'lib, ular bilan shu kungacha naqd 9 bor to'qnash kelganmiz. Keyingi o'rinlarda Belarus 3, Armaniston 2, Estoniya 2, Slovakiya 1, Albaniya 1, Ukraina 1, CHernogoriya 1, Latviya 1, Gruziya 1, Isroil 1 marotabadan raqiblik qilgan. SHveciya umumiy hisobda terma jamoamiz uchun Evropadagi 13 raqib hisoblanadi. 

2007 yil. Qarshi. O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

2001 yil. "Merdeka" kubogi. O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 2:1

2007 yil. Toshkent. O'zbekiston - Estoniya 0:0


Ozarbayjon - O'zbekiston 2:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 5:1

Isroil - O'zbekiston 2:0

O'zbekiston - Armaniston 0:2

O'zbekiston - Ozarbayjon 2:1

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 2:1

Slovakiya - O'zbekiston 4:1

Ozarbayjon - O'zbekiston 2:0

Belarus - O'zbekiston 2:2

O'zbekiston - Belarus 1:2

Latviya - O'zbekiston 0:3

Ozarbayjon - O'zbekiston 3:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 1:0

O'zbekiston - Estoniya 0:0

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 0:0

Armaniston - O'zbekiston 3:1

Albaniya - O'zbekiston 1:0

Estoniya - O'zbekiston 3:3

CHernogoriya - O'zbekiston 1:0

Ukraina - O'zbekiston 2:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0

O'zbekiston - Gruziya 2:2

Belarus - O'zbekiston 1:0

2003 yil. Toshkent. O'zbekiston - Belarus 1:2


Mana shu o'yinlarda jamoamiz 4ta g'alaba, 13ta mag'lubiyat, 7da durang qayd etilgan. Odatda vatan jamoasidan har qanday holatda ham g'alaba kutamiz. Lekin kuchli raqiblar bilan uchrashuvlardagi mag'lubiyatlar foydadan holi bo'lmaydi. Qolaversa murabbiy uchun ham shogirdlarining kuchli yoki kuchsiz tomonlarini ko'rib olishi uchun ayni payti sanaladi. Bo'lajak bahsda futbolchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Abdulaziz Iskandarov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: