SportUz.Net
photo photo

Riberi yangi klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

01.09.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Erkin agent maqomidagi yarim himoyachi Frank Riberi Italiya chempionatiga qaytadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 38 yoshli franciyalik futbolchi "Verona" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Riberi hozirda "Bavariya" bilan shug'ullanmoqda. U myunxenliklar bilan sakkiz karra Germaniya chempioni, olti karra Germaniya Kubogi va bir bor CHL g'olibiga aylangan.

U so'nggi ikki mavsumda "Fiorentina" sharafini himoya qildi. Frank o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: