Kataloniya klubi 31 yoshli forvardni tekinga ijaraga oldi (mavsum so'nggigacha) va uning maoshini to'liq to'laydigan bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" uni to'laqonli sotib olish huquqiga egalar.
"Barsa" bosh murabbiyi Ronald Kuman de Yongni Niderlandiya terma jamoasida faoliyat orqali yaxshi taniydi. "Sevilya" yozda "Ueska"ning eng yaxshi to'purari Rafa Mir bilan shartnoma imzolagani sabab hujumchini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.