SportUz.Net
photo photo

Ronaldu MYUga qaytishi haqida: "Ser Aleks, bu siz uchun"

31.08.2021 17:25    


Rasmni yuklab olish

Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishini izohladi.

"Meni biladigan barcha "Manchester Yunayted"ga bo'lgan cheksiz sevgimni bilishadi. Men bu klubda ajoyib yillarni o'tkazdim va biz birgalikda bosib o'tgan yo'l bu buyuk klub tarixida oltin harflar bilan yozildi.

Butun dunyo bo'ylab "Old Trafford"ga qaytishim haqida gapirayotganlarida o'zimni qanday his qilganimni tasvirlab berolmayman. Orzuim ushaldi, har gal "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonda harakat qilgan paytlarim, doim raqib sifatida ham muxlislarning sevgisini his qilardim. Bu haqda faqatgina orzu qilish mumkin.

Mening ilk chempionligim, ilk kubogim, ilk termaga chaqirilishim, ilk CHempionlar Ligasi, ilk "Oltin butsa" va ilk "Oltin to'p"im. Barchasi men va "qizil iblislar" o'rtasidagi aloqalar natijasida shu erda tug'ildi. Tarix yozilgan va yana yoziladi, bunga so'z beraman.

Men shu erdaman. Men qaytishim kerak bo'lgan joyga qaytdim. Keling, takrorlash uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilaylik.

P.S. Ser Aleks, bu siz uchun", - deb yozdi Ronaldu.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: