SportUz.Net
photo photo

Ronalduning tranfseri uchun MYU qancha to'lashi malum

28.08.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, Krishtianu Ronaldu kecha biroz kutilmaganda "Manchester Yunayted" klubiga o'tdi.

"Manchester Yunayted" klubi Ronalduning transferi uchun "Yuventus"ga 15 mln evro to'laydi. Yana 8 mln evro bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin. Bu haqida mashhur insayder va jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.

"Yuve" kafolatlangan 20 mln evroni oladi. Sababi, shartnomada ko'rsatilgan bonuslarni olish Ronaldu uchun unchalik ham qiyinchilik tug'dirmaydi. Manbaning qo'shimcha qilishicha, Pogba hech qachon muzokaralar tarkibida bo'lmagan. U "Yuventus"ga o'tmaydi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Yunayted"da 2003 yildan 2009 yilgacha to'p surgan hamda klub tarkibida 292 o'yinda 118 ta gol urgan. "Manchester Yunayted" tarkibida Ronaldu uch marta Angliya chempionligini, ikki marta Angliya Liga kubogini va bir marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

2008 yilda futbolchi "Yunayted" bilan birgalikda CHempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: