SportUz.Net
photo photo

Joze Mourinyu "Fiorentina"ga qarshi o'yindan so'ng SHomurodov haqida gapirdi

23.08.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Fiorentina" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng Eldor SHomurodov va Temmi Abraxam haqida gapirdi.

"Biz etarlicha yaxshi o'ynamagan bo'lsak ham, qiziqarli o'yin bo'ldi.

Kimnidir zaxirada qoldirish oson emas, ammo SHomurodov chap qanotda va Abraxam bilan juftlikda o'ynashga qodir. Hozirda ulardan hech biri mavsumoldi tayyorgarligining boshidan harakat qilganlardek formada emas, shu sabab men hujumchi ortida Pellegrini ishlatishga qaror qildim.

SHoma ochiq hududlarda juda ham xavfli, Temmi esa ko'proq "qotgan" holda o'ynaydi, agar u charchamaganida ham, men bu o'zgarishni (SHomurodovni uning o'rniga maydonga tushirishni) bir necha daqiqadan so'ng qilardim", - deydi Mourinyu.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik forvard 69-daqiqada Abraxam o'rniga zaxiradan tushdi va 10 daqiqadan so'ng Jordan Veretuning goliga assistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: