SportUz.Net
photo photo

Klopp "Bernli" o'yinini tanqid qildi

22.08.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 2-turi doirasida "Bernli"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Doimo kurashlarga tayyor bo'lish kerak. Bugun tayyor edik va kurashdik. Barns va Vudning van Deyk va Matip bilan qanday to'qnashganini ko'rdingiz.

Hakamlar to'g'ri qarorni chiqarishi uchun yaxshi poziciyada turishmayapti deb hisoblayman. Huddi 10-15 yil orqaga qaytib qolgandekman. Qoidalar shunday, bahona qilib bo'lmaydi. Agarda o'yin shunday kechsa, ko'p narsalar muammo bo'lib qoladi.

Bu qarorni to'g'ri yoki noto'g'ri deya olmayman, chunki qarorlarni men chiqarmayman. Ha, o'yinga berish kerak deb ko'p gapirishadi, ammo bunday holatlarda emas. "Brentford"ning "Arsenal"ga urgan ikkinchi golida fol bor edi. Hech qachon darvozabonni qo'li bilan ushlab olib: "Bu futbol, o'yna erkak", deb bo'lmaydi. Bu haqida ikki, kerak bo'lsa, uch marta o'ylash kerak.

Biz yaxshi vaziyatlarga ega bo'lib, gol ura olmayotgan paytlarimiz ko'p bo'lmoqda. Qolgan paytlarda bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Asosiysi - g'alabaga erishdik, hech kim jarohat olmadi", - dedi Klopp.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: