SportUz.Net
photo photo

Srechko Katanec O'zbekistondagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi

20.08.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi bo'lishi kutilayotgan sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec kecha Toshkentdagi "Bunyodkor" va "Jar" stadionlariga tashrif buyurdi.

Tashrif chog'ida murabbiy stadionlar holati bilan tanishdi va o'z fikrlarini bildirdi.

"Stadionlarni ko'rib chiqdim. Futbol maydonlari ob-havo tufayli unchalik yaxshi holatda emas. Umid qilamanki kelgusida barchasi yaxshi bo'ladi. Yaqinda hamma narsa o'zgaradi, chunki o'yinchilar almashadi. O'zbekistonda kimlar borligini, kim chet elda o'ynayotganini kuzatib boramiz.

Nima bo'lgan bo'lsa bu endi ortda qoldi. Umid qilamanki, O'zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi ishlarni amalga oshiraman. Men qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Eng muhimi bizga yaxshi futbolchilar kerak", - deydi Srechko Katanec Uzreport TV kanaliga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: