SportUz.Net
photo photo

O'FA Srechko Katanec bilan aloqaga chiqdi

08.08.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda, O'FA sloveniyalik murabbiy bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchinchi raundga o'ta olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov ishdan bo'shatildi. SHundan beri terma jamoamiz ruli hozircha murabbiysiz qolyapti. 

Katta ehtimol bilan navbatdagi murabbiy xorijlik bo'ladi, chunki O'FA asosan chet ellik mutaxassislar nomzodini o'rganib chiqyapti. Kecha tashkilot o'z vaqtida "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovichga taklif yuborgani haqida malumot bergandik. 

Bugun esa Iroq terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan aloqaga chiqilgani haqida xabar topdik. Malum bo'lishicha, Katanec o'ylab ko'rish uchun vaqt olgan. 

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec Iroq termasi bilan JCH saralash uchinchi raundga yo'l olganiga qaramay, besh oydan beri maosh olmagani bois o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqarildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: