SportUz.Net
photo photo

"Neftchi" klubi logotipi 16 kun ichida ikkinchi bor o'zgartirildi

21.02.2021 15:23    


Rasmni yuklab olish

5 fevral kuni Farg'onaning "Neftchi" klubi logotipi o'zgargan edi.

Bugun, 21 fevral kuni klub matbuot xizmati logotip yana o'zgarganini elon qildi.
Barchaga malumki, 2021 yil futbol mavsumi uchun  yangilangan klub logotipi taqdim etilgan edi va bu logotip ko'pchilikning noroziligiga sabab bo'lib keldi. SHu masalaga echim topish maqsadida klub bazasida muxlislar va futbol rasmiylari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yangi logotip  yuzasidan muxlislar, jurnalistlar va jamoatchilikning etirozlari o'rganib chiqildi. Yig'ilishda klubning barcha mamuriyat xodimlari va  fahriy muxlislar ishtirok etdilar. Kun tartibiga "Neftchi" PFK logotipiga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi masala qo'yildi. Klubning ko'p sonli muxlislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflariga binoan, klub logotipiga o'zgartirish kiritish kerakligi hakida gapirib o'tildi. Yangi logotipning bir nechta nushalari yig'ilish qatnashchilariga taqdim etildi va ular orasidan eng maquli tanlandi. Yig'ilishda qabul qilingan  qarorga ko'ra, klubning yangi logotipi tanlab olindi va bir ovozdan maqullandi. Bundan buyon "Neftchi" futbol klubi bilan bog'liq bo'lgan barcha tadbir va matnlarda ushbu yangi logotipdan foydalaniladi.


O'tgan yillardagi logotip 


5 fevral kuni elon qilingan logotip  



21 fevral kuni elon qilingan logotip



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: