Marokashlik futbolchi "Fatix Karagyumryuk" o'yinchisiga aylandi. Bu haqda Superliga klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mexdi Benatia faoliyati davomida "Roma", "Yuventus" va "Bavariya" kabi top-klublarda o'ynagan. Turk jamoasi bilan bitim tafsilotlari oshkor etilmayapti.
34 yoshli Benatianing so'nggi ish joyi Qatarning "Al Duhayl" klubi bo'ldi, futbolchi arab jamoasida 2019 yildan beri o'ynayotgandi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"