SportUz.Net
photo photo

"Manchester Yunayted" futbolchisi CHusovitina haqida: "Respect"

26.07.2021 07:00    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" darvozaboni o'zbekistonlik sportchining faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.

Ispaniya terma jamoasi va MYU darvozaboni David de Xea sakkiz karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Oksana CHusovitinaga ehtirom ko'rsatdi. Golkiper Instagram story'siga sportchining suratini joylab, shunday izoh qoldirdi:  "Respect"

Eslatib o'tamiz, "Do'stlik" va "El-yurt hurmati" ordeni sohibasi bo'lmish Oksana CHusovitina Tokiodagi ishtirokidan so'ng faoliyatiga yakun yasaganini elon qildi. U sport gimnastikasi bo'yicha Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) sifatida tarixda qoldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: