Hozircha klub tomonidan transfer ishlari borasida malumotlar berilgani yo'q.
"Jenoa" 3 yil oldin forvardni Argentinaning "Tigres" jamoasidan 3,6 mln evroga sotib olgandi. Biroq u jamoaga moslashib keta olmaganligi uchun birorta o'yinda qatnashmadi va shu boisdan "Krotone", "Argentinos Xuniors", "Ximnasiya" kabi jamoalarda ijara asosida o'ynadi.
O'tgan mavsumni u Sloveniyaning "Koper" tarkibida o'tkazib, 27 o'yinda 3 ta gol urdi.