SportUz.Net
iks
ads

Ergashev "Navbahor" bilan xayrlashdi

26.12.2025 14:24    


Rasmni yuklab olish

Namanganliklar darvozaboni Umid Ergashev jamoadan ketganini malum qildi.

"Qadrli "Navbahor" klubi azolari va muxlislari, 2025 yilni sizlar bilan o'tkazganimdan xursandman. Qaytarilmas xotiralarni taqdim etganingiz uchun minnatdorman. "Navbahor" kelasi mavsumda yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshman. Hammasi uchun rahmat!", – dedi Ergashev.

26 yoshli posbon yakunlangan mavsum "lochinlar" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 17 ta gol o'tkazdi va 4 bahsda darvozani "quruq" saqladi.

Avvalroq Ergashev faoliyatini OKMKda davom ettirishi aniq bo'lgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: