SportUz.Net
iks
ads

ESPN "Real"da Xabi Alonsoning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan asosiy nomzodni elon qildi

26.12.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

Alonsoning taqdiri Ispaniya Superkubogidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda hal bo'ladi.

ESPN xabariga ko'ra, "Real" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Qirollik klubi"da Xabi Alonso o'rnini egallash uchun asosiy nomzod ekan. 

Manbaga ko'ra, Madrid klubi kadrlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun qishki transfer bozoriga kirishni ko'rib chiqayotgan edi, ammo keyichalik rahbariyat ushbu qarordan voz kechgan.

Alonsoning taqdiri Ispaniya Superkubogidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda hal bo'ladi. "Real" hozirda Ispaniya chempionati jadvalida 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi va etakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.

"Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko" bilan to'qnash keladi. O'yin 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: