SportUz.Net
iks
ads

Gvardiola "Manchester Siti"ning ortiqcha vaznli futbolchilarini chetlashtiradi

25.12.2025 19:06    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 3 kunlik tatildan ortiqcha vazn bilan qaytgan jamoa o'yinchilarini Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinga qo'ymasligini malum qildi.

SHanba kuni "shaharliklar" APLning 17-turida "Vest Xem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va shundan so'ng bir necha kunlik tatilga chiqdi.

"3 kunlik tatildan qaytgach, ularning holatini tekshiraman. Ular ovqatlanishi mumkin, lekin nazoratda bo'lishlarini unutmasliklari lozim. Tasavvur qiling: hozir ideal holatdagi futbolchi qaytib kelganda 3 kiloga og'irlashib qolsa. U Manchesterda qoladi, "Nottingem Forest" bilan o'yinga bormaydi", – dedi Gvardiola.

Ayni paytda "Manchester Siti" 17 o'yindan so'ng 37 ochko bilan APLda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Nottingem Forest"ga qarshi bahs 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: