"SHporlar" slovakiyalik futbolchiga o'tgan yili ham qiziqish bildirishgandi, ammo o'shanda futbolchini xarid qila olishmagandi.
"Tottenxem"ning yangi sport direktori Fabio Paratichi o'yinchining muxlisi hisoblanadi va o'zi ishlagan payt uni "Yuventus"ga olib kelmoqchi edi.
Italiyalik "shporlar" rahbariyatidan ruxsat oldi va tez orada transfer borasida muzokaralar boshlanadi. SHkrinyarning "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.