SportUz.Net
iks
ads

Gvardiola qachon faoliyatida tanaffus qilishini aytdi

18.10.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining murabbiylik faoliyatida tanaffus haqida o'ylayaptimi, degan savolga javob berdi.

— Bu haqda, ehtimol, faqat 2035 yillarda o'ylab ko'raman. Bir ishni uzoq yillar davom ettirsangiz, baribir hammasida o'zgarishlar bo'ladi. Bu tabiiy jarayon — klub ham, futbolchilar ham, murabbiy ham buni his qiladi, — dedi Gvardiola.

— Hozir biz avvalidagi jamoa emasmiz. Bunga ko'p sabablar bor. Klub rahbariyati bilan munosabatlarim mustahkam, ammo gap faqat men haqimda emas — jamoani tark etganlar ham ko'p, jumladan, shtab azolarimdan bazilari ham. Har kimning o'z maqsadi va qarashi bor. Ammo hozir men shu erdaman, sizning oldingizdaman — eng muhimi shu. Qolganini keyin ko'ramiz, — deya qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon "Manchester Siti" jamoasida faoliyat olib bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: