Bu haqda Goal.tj xabar berdi.
Malumotlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi "2+1" ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi. Kelishuv 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Zoir Jo'raboevning jizzaxliklar bilan bitimi joriy yilning 30 noyabriga qadar mo'ljallangan. U nemis klubiga erkin agent sifatida borib qo'shilishi mumkin.
Bu transferni tojikistonlik o'yinchining agenti Kova Tilavpur ham tasdiqladi va muzokaralar davom etayotganini bildirdi.