Franciyalik futbolchi "Lion"dan ketganidan so'ng 2009 yilning 9 iyulida rasman "galaktikos" o'yinchisi sifatida tanishtirilgandi.
"Men 12 yildan beri orzuimdagi klubdaman. Hali ham dunyodagi eng zo'r klubning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Tarix davom etadi...", - deb yozadi Benzema.
Benzema "Real"dagi 12 yil davomida barcha musobaqalarda 559ta o'yinda maydonga tushib, 279ta gol va 144ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi