SportUz.Net
photo photo

Mourino Konte haqidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi

09.07.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

"Roma" bosh murabbiyi Joze Muorino "Inter" murabbiylari haqida gapirdi.

Matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiyga Antonio Kontega qarshi o'ynay olmasligi, ularni muntazam ravishda taqqoslashlari haqida savol berishdi. 

"Har bir klub tarixida boshqalar bilan taqqoslab bo'lmaydigan murabbiylar bor. Masalan "Inter"da Mourino va Elenio Errerani boshqa murabbiylar bilan taqqoslash mumkin emas", - dedi Mourino. 

Portugaliyalik murabbiy "Inter" bilan ikki marta Italiya chempioni, Italiya kubogi, Italiya superkubogi va CHempionlar ligasi musobaqalarida g'alaba qozongan. Errera esa uch karra Italiya chempioni, ikki marta Evropa chempionlari kubogi va Qitalararo Kubok musobaqalarida g'olib chiqqan. 

Konte esa ikkita mavsum davomida "Inter" bilan faqatgina Italiya chempionligini qo'lga kiritgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: