Malumotlarga qaraganda, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi uchun 14 million evro taklif etilmoqda. Futbolchining xatti-harakatlari va o'yin uslubi Mourinyuning shaxsan o'ziga manzur kelgan.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilda "Manchester Yunayted"ning o'sha paytdagi ustozi Joze Mourinyu Moskvaga kelganida "Rostov" forvardi Eldor SHomurodov bilan ko'rishgandi. Ularni hamyurtimizning agenti German Tkachenko tanishtirib qo'ygan.
"Osiyo Kubogidan so'ng "Rostov"ga qaytdim va "Lokomotiv"ga qarshi 69 daqiqa o'ynadim. SHundan so'ng murabbiylar shtabi menga kichik tatil berdi. Keyin Moskvada xokkeyga tashrif buyurgan Mourinyu bilan uchrashib qoldim. U agentim German Tkachenkoning tanishi ekan. Restoranga kelsam, Tkachenko bilan kimsan Mourinyu o'tiribdi. Uni denyoning eng kuchli murabbiylaridan biri deb hisoblayman. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, "Manchester Yunayted" emas, "CHelsi"ga muxlislik qilaman (kuladi)", – degan edi SHomurodov.
Bugun Farg'onada ATFC 25 turniri o'tkaziladi, unda ikki taniqli MMA jangchimiz ham ishtirok etadi