29 yoshli kamerunlik futbolchining tiklanishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi. Endi u mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkazib yuborishga majbur. Mankunianlar qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan variantlar orasida "Botafogo"dan Jon Viktor va "Aston Villa"dan Emiliano Martines mavjud.
Onana 2023 yil iyulidan buyon "Manchester Yunayted" ranglarini himoya qilib kelmoqda. U o'tgan mavsum manchesterliklar safida 50 o'yin o'tkazib, 65 ta gol o'tkazib yuborgan va 11 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Ayni paytda jamoada turkiyalik Altay Bayindir va klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 39 yoshli Tom Xiton bor.