SportUz.Net

DXX kubogining Toshkent viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi + FOTOGALEREYA

14.07.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Toshkent viloyatida mahalla yoshlari o'rtasida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "DXX kubogi" futbol musobaqasining final bosqichi yakunlandi.

Olmaliq shahar OKMK stadionida bo'lib o'tgan final uchrashuvida Bekobod tumanining “Yangiovul” hamda O'rta CHirchiq tumanining “Jang'abay” jamoalari o'zaro bellashdi.

Aytish mumkinki, futbol uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etilgan bo'lib, unda muxlislar mashhur sport sharhlovchilari va estrada yulduzlarining ham chiqishlariga guvoh bo'lishdi. 

“Yangiovul” jamoasi o'z raqibini 1:0 hisobida mag'lub etib, DXX kubogi Toshkent viloyat bosqichi g'olibi bo'ldi. G'olib jamoa endi respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi. 

Musobaqa yakunida g'oliblarga kubok, diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. SHu bilan birga, “Eng yaxshi o'yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” kabi nominaciyalar bo'yicha futbolchilar rag'batlantirildi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: