Amerikalik sobiq UFC jangchisining raqibi, "Solt Papi" nomi bilan tanilgan bloger Nataniel Bustamante bo'ldi. U ikki raund davomida "El Kukuy" bilan tengma-teng jang qildi, tezlikda Fergyusondan qolishmadi. CHap tomondan yo'llagan zarbalari ancha xavfli chiqdi.
Ammo Toni vaziyatdan chiqib ketdi va o'zi Bustamantega kuchli va aniq zarbalar berdi. Bu holatda referi uchinchi raundning 2:43 daqiqasi davom etayotgan bir pallada jangni to'xtatdi. "Solt Papi" hakamning qaroridan norozi bo'ldi, ammo referi fikrida sobit qoldi. Ferguson ringga tiz cho'kib, ko'z yoshlarini tiya olmadi.
G'alaba qozongan 41 yoshli Toni Fergyuson o'rta vazn toifasida vaqtinchalik Misfits Boxing chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Bungacha u oxirgi marta 2019 yilning iyunida CHikagodagi UFC 238 turnirida hamyurti Donald Serroneni texnik nokautga uchratgandi. "Kovboy" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Fergyuson ketma-ket sakkizta jangda mag'lubiyatga uchradi va o'tgan yilning avgust oyida dunyoning eng kuchli ligasi UFC`ni tark etdi.
"Carukyan Topuriya bilan tik turgan holatda jang qilishga majbur bo'ladi" - Dvalishvili