SportUz.Net
photo photo

Lempard Makelele va Kanteni taqqosladi

25.06.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Frenk Lempard Ngolo Kante haqidagi fikrlarini bildirdi.

"CHelsi"ni boshqara boshlaganimda, u bir necha mavsum davomida tanaffussiz o'ynab kelayotgandi. Barcha murabbiylar unga ishonishardi. 

Birinchi mavsumim davomida u jarohat oldi va uning o'rni judayam bilindi. Katta o'yinlarda usiz qiyin, chunki u barchadan ham yaxshiroq o'zini ko'rsata oladigan futbolchidir. Bunday mahorat sabab xech kim u bilan to'qnash kelishni istamaydi. Hal qiluvchi o'yinlar, finallarda bunday futbolchilarning qiymati yuqori. 

U jahondagi eng yaxshi "buzg'unchi". To'pni jamoasiga qaytarib olish mahoratini nazarda tutyapman. 

Avvallari himoyadan biroz oldinda o'ynaydigan tayanch yarim himoyachilari bo'lardi. Masalar, Makelele ushbu rolda "CHelsi"da juda yaxshi o'ynagan. Ammo Kante nisbatan rang-barang o'yin ko'rsatadi. U masofa, tezkorlik borasida ajoyib. 

U kamtar, jim yuradi va ko'p gapirishni yoqtirmaydi", - dedi Lempard.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: