SportUz.Net

Pep Gvardiola O'zbekistondan qaytgan Husanov haqida fikr bildirdi

29.03.2025 10:36    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" klubi ertaga Angliya Kubogining 1/4 final bosqich doirasida "Bornmut"ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi.

Uning bunchalik ko'p o'yin o'tkazishi kutilmagandi, ammo butun mavsum davomida himoya chizig'imizda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etdi. Unda o'ziga xos fazilatlar bor, bu aniq. Juda, juda ajralib turadigan xususiyatlarga ega; u g'oyat chaqqon, maydonda borini beradi, bazan yuz ifodasi buni ko'rsatmasa-da, ko'plab harakatlarida butun ehtirosini namoyon etadi...

Va biz undan qisqa vaqt ichida, mashg'ulotsiz va boshqa ko'p narsalarsiz ham zavqlanmoqdamiz. U bizga katta yordam berdi. Vitor ikkisi hali yosh, mavsum o'rtasida moslashish oson emas, yangi o'yinchilar, yangi liga va shunga o'xshash narsalar, ammo ular juda yaxshi holatda va nihoyatda ijobiy kayfiyatda.

Biz Abduqodirni ingliz tilini mashq qilish va o'rganishga undaymiz, chunki muloqotga kirishish uchun bu juda muhim", - dedi Gvardiola. 

Eslatib o'tamiz, "Bornmut" - "Manchester Siti" uchrashuvi ertaga, 30 mart kuni bizning vaqt bilan 20:30 da boshlanadi. O'yin "Zo`r TV" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: