Saka o'zining Instagram sahifasida mashg'ulotdan lavha bilan bo'lishdi: "Yana bir bor salom", deb yozdi. Londonliklar etakchisi formasini tiklab, "Real"ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/4 finaliga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
23 yoshli futbolchi 21 dekabr kuni o'tkazilgan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (5:1) jarohat olib, operaciyaga muhtoj bo'lgan edi.
Saka uzoq vaqt maydonga tushmaganiga qaramay, 16 o'yinda 5 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan "Arsenal"ning Premer-ligadagi eng yaxshi to'purari bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, ECHL chorak finalidan o'rin olgan "Arsenal" – "Real" bellashuvi 8 aprel kuni bo'lib o'tadi. Ungacha "to'pchilar" APL doirasida "Fulxem" va "Everton"ga qarshi o'ynaydi.
Kelayotgan yakshanba tongida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirining to'liq kardi bilan tanishing
Yirik turnir bo'lishi kutilayotgan UFC 320'ni qabul qiladigan mamlakat nomi aytildi